Jahon | 10:22 / 18.11.2017
9665
1 daqiqa o‘qiladi

“Fitnalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan” – Mugabega talab qo‘yildi

Zimbabveda hukmron bo‘lgan Afrika milliy ittifoqi prezident Robert Mugabeni iste'foga chiqishga chaqirmoqda, deb xabar berdi ZBC telekanali.

Avvalroq Zimbabve sobiq bosh vaziri, muxolifat yetakchisi Morgan Tsvangirai Mugabe mamlakat manfaati uchun iste'foga chiqishi lozimligini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida Mugabe harbiylar bilan muzokaralar davomida iste'foga chiqishdan bosh tortdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, partiya viloyat muvofiqlashtiruv qo‘mitalarining o‘ntasidan sakkiztasi Mugabeni mamlakat prezidenti va partiya birinchi kotibi lavozimini tark etishga chaqirgan.

Ularning fikricha, Mugabe partiya va mamlakat boshqaruvi ustidan “yoshi keksayib qolgani tufayli ish qobiliyatini yo‘qotgani sabab” nazoratni yo‘qotgan. Bundan tashqari, u "fitnalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan".

Mavzuga oid