IShID Raqqa markazidagi har bir binoni minalarga «to‘ldirib» ketgan
AQSh prezidentining boshqa davlatlar bilan IShID terrorchilik tashkiloti bilan kurashda o‘zaro harakatlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgurkning ma'lum qilishicha, jangarilar Raqqa markazidagi har bir binoga minalar tashlab ketishgan. Bu terrorchilarning ketishidan avval yuz bergan.
AQSh prezidenti maxsus vakili bu haqda Twitter’dagi o‘z sahifasida yozgan.
«IShID terrorchilari shahar markazidagi deyarli har bir binoda portlovchi qurilmalarni tashlab ketishdi. Bu aholining normal hayotga qaytishiga xalaqit berish maqsadida qilingan», - deyiladi uning xabarida. Shuningdek, Makgurk shahar shifoxonasi tasvirlangan fotosuratni ham taqdim etgan. Unda, Tramp maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, biroz vaqt muqaddam suriyalik sapyor halok bo‘lgan.
Makgurkning ta'kidlashicha, shaharda insonlar avvalgi hayotga qaytishlari uchun hali ko‘p ish qilish kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.08.2024
AQSh Iroqdan koalitsiya kuchlarini olib chiqadi – OAV
13:55 / 30.07.2024
Litva o‘z hududida minalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
10:22 / 26.07.2024
Germaniyada IShIDni moliyalashtirishda gumonlangan rossiyaliklar hibsga olindi
14:11 / 16.06.2024