O‘zbekiston | 14:25 / 21.11.2017
11979
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalarni tinglang! O‘quvchilar Oliy Majlisda o‘z loyihalari bilan so‘zga chiqishdi

Foto: UNICEF Uzbekistan

20 noyabrda O‘zbekistonda Jahon bolalar kuni munosabati bilan UNICEF hamda davlat idoralari bilan hamkorlikda qator tadbirlar tashkil etildi.  Mazkur tadbirlar doirasida Oliy Majlisning quyi palatasida Yosh avlod kengashi a'zolari va senatorlar, vazirlar, turli tashkilot rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, viloyatdan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan taqdimotlar qilishgan. Yoshlar o‘z chiqishlarida hududlarda mavjud bo‘lgan bolalar hayotiga oid muammoli masalalar va ularni hal etish bo‘yicha taklif, g‘oyalarni taqdim etishdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, joriy yilda bolalar o‘z loyihalarni erkin, ravon bayon etishdi. 

Sasha Graumann, UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Foto: Sasha Graumann/UNICEF Uzbekistan

"Bolalarning huquqlarini kafolatlash qonuniy yoki ma'naviy mas'uliyatnigina nazarda tutmaydi, u iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarni hamda davlat tomonidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi. Ulg‘ayib borayotgan va kelasi o‘n yil ichida ishchi kuchiga aylanuvchi yoshlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston muhim demografik bosqichda turibdi. Agarda munosib sarmoyalar kiritilsa, soni ortib borayotgan yosh aholi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga olib chiqadigan avlod bo‘lib yetishadi".

Foto: UNICEF Uzbekistan

Kunning ikkinchi qismida bolalar Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan "Bolalar va yoshlar masalalari bo‘yicha ombudsman to‘g‘risida"gi qonun loyihasini muhokama qilishdi. O‘quvchilar ushbu qonun loyihasi qay tartibda bolalar huquqini o‘zida to‘liq mujassam etishi mumkinligi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Foto: UNICEF Uzbekistan
Foto: UNICEF Uzbekistan

 

Mavzuga oid