Jahon | 23:26 / 22.11.2017
15564
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti vakolatlarini cheklash taklif qilindi

Foto: RIA Novosti

Prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiyaning rivojlanishi uchun eng to‘g‘ri yo‘l bu prezident vakolatlari cheklangan parlament respublikasi bo‘ladi, deb hisoblamoqda.  

Sobchak bu haqda o‘zining siyosiy platformasini ishlab chiqish uchun o‘tkazadigan olimlar bilan uchrashuv doirasida sud islohotlarini muhokama qilishda aytib o‘tgan. 

“Barchamiz bilamiz, konstitutsiya prezident va parlamentning ancha qat'iy qarama-qarshiligi davrida yozilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Sobchak. 

Sobchakning fikricha, shu sababli parlament rolini kuchaytirish lozim. “Men qandaydir vaqtdan keyin hokimiyat yuqorisiga kelishi mumkin bo‘lgan odamdan bugungi kunda, fikrimcha, umuman noqonuniy hisoblanadigan Dumani tarqatib yuborishini talab qilgan bo‘lardim. Keyin esa parlament rolini kuchaytirib, prezidentning rolini kamaytirib, shunchaki boshqa tizimni vujudga keltirish kerak”, deb aytgan Sobchak.    

Mavzuga oid