Video: shimollik askar Janubiy Koreyaga qanday qochib o‘tdi?
Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreya harbiy xizmatchisining chegarani buzgan holda Janubiy Koreyaga qanday qilib o‘tganiga doir videotasvirlarni namoyish etdi. Hodisa 13 noyabrda ro‘y bergan, biroq kuzatuv kameralariga muhrlangan tasvirlar 21 noyabrda e'lon qilindi.
Rolikning boshida askar harbiy mashinada chegara tomon harakatlanadi, keyin to‘siqqacha piyoda yugurib boradi. Uni kamida 4 nafar safdoshi ta'qib qiladi. Ular unga bir necha marta o‘q uzishadi. Harbiy xizmatchi mamlakatlar o‘rtasidagi demarkatsiya chizig‘iga qadar yetib boradi. Bu yerda u bir necha jarohat oladi.
Askar demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tganidan so‘ng, uni janubiy koreyalik harbiylar okopdan olib chiqishgan va vertolyotda Suvondagi shifoxonaga olib kelishdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, KXDR askari 6 ta jarohat olgan, bundan tashqari, uning tanasida yomon gigiyena va to‘yib ovqatlanmaslikdan paydo bo‘ladigan parazitlar aniqlangan. 21 noyabr kuni u hushiga kelgan.
Shimoliy Koreya harbiylarining xatti-harakatlari sababli BMTning Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi KXDRni 1953 yilgi sulh bitimining ikki bandini buzganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024