Jahon | 23:21 / 23.11.2017
4824
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston sharqidagi portlashda 10 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida sodir etilgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ko‘proq kishi yaralandi. Bu haqda shifokorlarga iqtibos keltirgan holda mahalliy 1TV kanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, portlash tuman politsiyasining sobiq qo‘mondoni uyi yonida sodir etilgan. Portlash yuz berganini Nangarhor viloyati gubernatori vakili tasdiqlagan.
Guvohlarning ma'lum qilishlaricha, portlovchi qurilmani terrorchi-xudkush harakatga keltirgan.
Hozircha birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
16:56 / 10.09.2024