O‘zbekiston | 13:40 / 23.11.2017
17214
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev koreyalik ishbilarmonlarga: «Men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatlayman»

Foto: Prezident matbuot markazi

Bugun, 23 noyabr kuni Seul shahrida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya – O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

«O‘zbekiston hukumati mamlakatda jozibador ishbilarmonlik muhiti va investitsion iqlim shakllantirish ishiga qat'iy va dadil kirishgan, — dedi Sh.Mirziyoyev forumdagi o‘z chiqishida.

Sizlarga murojaat qilar ekanman, biz O‘zbekistonda Koreya kompaniyalari bilan ochiq va shaffof ishlashni niyat qilayotganimizni bildirmoqchiman.

Men sizlarga investitsiyalaringizning ishonchli himoyasi, mulklaringizning daxlsizligi va foydani erkin ko‘chirishni kafolatlayman.

Biz biznes o‘zaro manfaatli bo‘lishi zarurligini juda yaxshi anglaymiz. Koreyalik har bir investor bozorimizda ham o‘zi daromad topib, ham iqtisodiyotimizning yuksalishiga hissa qo‘shib, qoniqish bilan ishlashi kerak.

Yana ta'kidlayman, biz Koreya kompaniyalari uchun eng qulay shart-sharoitlarni hozirlaymiz va sizlarni mamlakatimizda uzoq muddatli hamkorlar sifatida ko‘rishni istaymiz.

Bu shunchaki so‘zlar emas. Bu mening siyosiy irodam, metin va o‘zgarmas pozitsiyam», — deya uning so‘zlarini keltirgan Prezidentning Koreya Respublikasiga tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazi.

Mavzuga oid