Misrdagi terakt qurbonlari soni 155 nafarga yetdi
Misr shimolidagi Sinay yarimorolida sodir etilgan dahshatli terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 155 nafarni tashkil qilmoqda, yana 120 kishi jarohatlangan. Bu haqda Misr davlat televideniyesi xabar tarqatgan. Jarohatlanganlarning aksari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi terakt munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilgan.
Terakt Shimoliy Sinay viloyatining poytaxti Al-Arishdan g‘arbda, 40 kilometr masofada joylashgan Ar-Raud aholi punktidagi masjidda juma namozi vaqtida sodir etildi. Terrorchilar masjidni 4 ta yo‘ltanlamasda qurshab olib, odamlar orasida portlovchi qurilmani portlatib, so‘ngra ularni o‘qqa tuta boshlashgan.
Ko‘pchilik halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar oddiy fuqarolar bo‘lib, ular orasida bolalar ham bor. Misrda harakat qiluvchi birorta ekstremistik guruh hozircha terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
23:44 / 09.09.2024