Fotoreportaj: Toshkentda Xalqaro restoran va kafe ko‘rgazmasiga start berildi
Bugun, 29 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz»da «EXPO Restaurants & Cafes» 2-Xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda restoran biznesi vakillari va professional uskunalar hamda turli xizmatlar sohasidagi mutaxassislar jam bo‘lishgan. Kun.uz muxbirining mazkur ko‘rgazmani dastlabki kunidan tayyorlagan fotoreportajini tomosha qiling.
Mehmonlar ko‘rgazmada yurtimizdagi restoranlar, kafe, barlar, tamaddixonalar va boshqa ovqatlanish joylari; professional restoran uskunasi importchilari; loyihachilar, qurilish kompaniyalari va dizaynerlar; yoritish asboblari va konsert-texnik uskunalar yetkazib beruvchi kompaniyalarning sara mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, «O‘zbekoziqovqatxolding» AJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Ko‘rgazma 2017 yilning 1 dekabriga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024