Jahon | 20:33 / 29.11.2017
12773
3 daqiqa o‘qiladi

Ulyukayev ustidan sud tergovi yakuni: Sechin ko‘rsatmalarisiz 22 kilogramm dollar

Foto: RIA "Novosti"

Tergov versiyasiga ko‘ra «Rosneft» rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olganlikda  ayblanayotgan Rossiyaning sobiq vaziri ishi bo‘yicha sud surishtiruvi seshanba kuni yakunlandi. Neft kompaniyasi rahbarining o‘zi jarayonda ishtirok etishdan nafaqat bosh tortdi — u sud chaqiruviga binoan 4 marta tergovga kelmadi, uning tergovda bergan ko‘rsatmalaridan davlat qoralovchisi ham sud ham dalil sifatida foydalana olmaydi.

 

21 kiloyu 950 gramm

Qo‘shimcha dalillarni bayon qilishning so‘nggi bosqichida davlat qoralovchisi Boris Neporojniy suddan Ulyukayev Sechindan qabul qilib olgan pul solingan sumkaning aniq vaznini bilish uchun tergov eksperimenti o‘tkazishni so‘radi. Buning uchun prokuror Rostest injyeneri Pavel Yakubovni maxsus taklif etdi.

Injyener 60 sm enlikdagi, 60 kilogrammgacha yuk vaznini o‘lchovchi tarozini olib kirib, xatoligi bor-yo‘g‘i 30 gramm ekanligini aytgan. Tarozini tarmoqqa ulab, injyener u qizib olguncha 20 daqiqa kutish kerakligini aytdi.

Neporojniy 100 dollarlik kupyuralardan iborat ashyoviy dalillar solingan qutini ochishni so‘raydi. Ularni ehtiyotkorlik bilan charm sumkaga soladi va uni polda turgan taroziga qo‘yadi.

Injyener sumkaning og‘irligi ichidagi dollarlari bilan 21 kilogramm 950 gramm ekanligini aytadi. Shundan so‘ng prokuror Ulyukayevga Sechindan shu sumkani qabul qilib olgani va nega uning ichida vino bor deb o‘ylagani xususida beradi.

Sumka shu edimi — boshqasimi, sudlanuvchi o‘sha payt qorong‘i bo‘lganligi sababli aniq ayta olmasligini tushuntirdi. Vino deb o‘ylaganiga sabab — Sechin ungacha unga «hali hech qachon tatib ko‘rmagan vino bilan mehmon qilishi»ni aytgani, shuningdek, sumkaning hajmi tufayli shunday qarorga kelgan ekan.

 

Sechinsiz

Sumkani tortish jarayonidan so‘ng prokuror Sechinning tergovdagi ko‘rsatmalarini e'lon qilishni so‘radi, biroq himoyalovchi bunga qarshi chiqdi — sud ham bunga ruxsat bermadi.

Himoyalovchilar esa, o‘z navbatida, qo‘shimchalar qo‘shish bosqichida Sechinni beshinchi marta sudga chaqirishni so‘rashdi, biroq bud buni ham rad etib, tomonlarni sudning yakunlovchi jarayoni — muzokaralarga kirishishga chorladi.

Bu bosqichda Sechinning sudga chaqirishning imkoni yo‘q. Shunday qilib, uning ko‘rsatmalari sudda surishtirib ko‘rilmaganidan so‘ng, na davlat qoralovchisi, na sudya asosiy guvoh ko‘rsatmalariga tayana olmaydi, dedi jurnalistlarga sudlanuvchining advokati.

Muzokaralar 4 dekabrda boshlanadi. Shunda davlat qoralovchisi Ulyukayev uchun adolatli deb topgan jazoni e'lon qiladi.

Mavzuga oid