Jahon | 10:55 / 29.11.2017
26151
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Qafasdan chiqib olgan yo‘lbars odamlarga tashlandi 

Xitoyning Shansi viloyatidagi Linfen shahrida yo‘lbars qafasdan chiqib oldi va sirkka tashrif buyurgan odamlarga hujum qildi. Hodisa tasvirlangan video Shanghaiist tomonidan e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, voqea 25 noyabr kuni yuz bergan. Internetda tarqalgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, katta qafasning ichida hayvonlarni o‘rgatuvchilar bilan yo‘lbars, ayiq va it bo‘lgan. Kutilmaganda yo‘lbars yaxshi yopilmagan eshik orqali tashqariga chiqib oladi va tomoshabinlarga hujum qiladi, odamlar esa vahimada qochib qolishga harakat qilishgan.

Tsirk xodimlari yo‘lbarsni tezkorlik bilan ortga qaytara olishdi. Yirtqichning hujumi oqibatida tomoshabinlar orasida o‘tirgan ikki yosh bola jabrlangani aytilmoqda.

Mavzuga oid