Sport | 21:00 / 01.12.2017
74938
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatiga qur'a tashlandi

Moskvaning Kreml davlat saroyida JCh-2018 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Unda ingliz futbol eksperti Gari Lineker va rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya boshlovchilik qildi. 

Shuningdek, tadbirda argentinalik Diyego Maradona, italiyalik Fabio Kannavaro, fransiyalik Loran Blan, angliyalik Gordon Benks, braziliyalik Kafu, ispaniyalik Karles Puyol, urugvaylik Diyego Forlan va germaniyalik Miroslav Kloze ishtirok etdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, guruhlar quyidagicha shakllandi:

A guruhi: Rossiya, Urugvay, Misr, Saudiya Arabistoni
B guruhi: Portugaliya, Ispaniya, Eron, Marokash 
C guruhi: Fransiya, Peru, Daniya, Avstraliya
D guruhi: Argentina, Xorvatiya, Islandiya, Nigeriya
E guruhi: Braziliya, Shveytsariya, Kosta Rika, Serbiya
F guruhi: Germaniya, Meksika, Shvetsiya, Janubiy Koreya  
G guruhi: Belgiya, Angliya, Tunis, Panama
H guruhi: Polsha, Kolumbiya, Senegal, Yaponiya

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 o‘yinlari 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid