Fotoreportaj: Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya amalga oshirildi
Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya'ni yetti kishidan kamida birida muayyan turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri Gemotologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutining klinikasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari nomidan leykemiya bilan og‘rigan bemor bolalarga sovg‘alar, tibbiyot buyumlari ulashildi. Bu haqda Diniy idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu savobli ishlar “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan amalga oshirildi.
Mavzuga oid
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024