Jahon | 09:27 / 02.12.2017
16438
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uyda suvarak va sichqonlar ko‘payib ketganidan shikoyat qilishdi

Foto: Reuters

AQSh prezidentining bosh qarorgohi bo‘lgan Oq uy xodimlari bir necha yildan beri suvarak va sichqonlar ko‘payib ketganidan shikoyat qilib keladi, deb xabar bermoqda NBC Umumiy xizmatlar ma'muriyati (GSA) hujjatlariga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, GSA xodimlariga Qo‘shma Shtatlar prezidentining ma'muriyati binosida so‘nggi ikki yil ichida sichqonlar, suvaraklar va chumolilarning ko‘payib ketgani bo‘yicha bir necha bor shikoyat kelib tushgan. 

Bundan tashqari, 2017 yilda Oq uy xodimlari mebelni almashtirish va markaziy isitish tizimini ta'mirlash bo‘yicha murojaatlar yuborishgan.

Oq uyda avgust oyida ta'mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, uning doirasida Janubiy portik (katta binoga tutashtirib solingan kolonnali peshayvon)ning darz ketgan zinapoyalarini tiklash bo‘yicha ishlar olib borildi. Shuningdek tashqi yoritish yangilandi va kirish eshiklari qoplamasi o‘zgartirildi. Ta'mirlash davomida asosiy urg‘u yangi isitish va sovitish tizimlarini o‘rnatishga berilgan.

Mavzuga oid