Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi qat'iy qo‘riqlash nazorati olib tashlandi
2 dekabr, shanba kuni Ostonada Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari To‘lqinbek Abdigulov ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha Yo‘l xaritasini imzolandi.
3 dekabr kunidan Qozog‘iston chegarachilari Qirg‘iziston bilan chegarani qo‘riqlashning odatiy variantiga qaytdi.
«Yo‘l xaritasi imzolanishi yakunlari bo‘yicha tomonlar joriy yil 3 dekabrdan boshlab Qozog‘iston chegara xizmati ikki davlat chegarasining barcha o‘tkazish punktlarida qo‘riqlashning kuchaytirilgan ko‘rinishidan odatiy variantiga o‘tishi to‘g‘risida kelishib oldi», — deyilgan xabarda.
30 noyabr kuni ikki davlat prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Sooronbay Jeenbekov Minskdagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Yo‘l xaritasi bo‘yicha kelishuvga erishgani hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi muammolar endi barham topishi haqida ma'lum qilingandi. Ushbu kelishuvga ko‘ra chegaradagi kuchaytirilgan nazorat bekor qilinishi ko‘zda tutilgandi. Chegaradagi vaziyatni ikki davlat vakillari kuzatib borishadi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar shu yilning oktabrida yomonlashdi, 10 oktabr kuni chegaradagi vaziyat keskinlashdi. Qozog‘iston fitosanitar nazoratni kuchaytirdi. Bunga Qirg‘izistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atamboyev ketishidan oldin mamlakati blokada tushishiga sabab bo‘luvchi ayrim qadamlarni tashlagani sabab bo‘lgandi. U Qozog‘iston rahbariyatiga, xususan, Nursulton Nazarboyevga qator ayblovlar qo‘ygandi. Hozirga qadar ham har kuni yuzlab yuk tashish mashinalari chegarada ushlanib qolayotgandi.
Mavzuga oid
16:44
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024