Mixail Saakashvili tarafdorlari tomonidan ozod etildi
Odessa oblasti sobiq gubernatori, gruziyalik siyosatchi Mixail Saakashvili huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingach uni tarafdorlari himoya qilib chiqishdi. U olib ketilayotgan mikroavtobus yo‘lda uning tarafdorlari tomonidan to‘silgan. Maxsus xizmatlar bilan to‘qnashuvga kirishgan namoyishchilar uni ozod qilishgan.
Ushbu voqealar rivoji «112 Ukraina» telekanali tomonidan translyatsiya qilingan.
Qayd etilishicha, faollar avtomobilning oynalarini sindirishgan va g‘ildiraklarini ishdan chiqarishgan. Ayni vaqtda Saakashvili ko‘chada yig‘ilganlar orasida nutq so‘zlamoqda. Muxolifatchi sifatida Saakashvili Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroshenkoni ag‘darib tashlashga chaqirmoqda.
Yig‘ilganlar «Ganba (sharmanda. — ukr.)», shuningdek, «Misha, biz sen bilanmiz» kabi hayqiriqlarni aytishgan.
Bundan avvalgi xabarlarda davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirishda gumon qilinib qo‘lga olingan Saakashvili boshqarmaga yetkazilgani va u tergov qilinayotgani, unga 5 yillik qamoq jazosi tahdid qilayotgani haqida aytilgandi.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024