Jahon | 08:45 / 07.12.2017
21935
1 daqiqa o‘qiladi

«Ajoyib sovg‘a». Isroil prezidenti vaziyatga munosabat bildirdi

Foto: TACC

Isroil prezidenti Reuven Rivlin amerikalik hamkasbi Donald Trampning al-Quds bo‘yicha qarori yuzasidan bayonot berdi. U buni mamlakatning 70 yilligiga ajoyib sovg‘a, deb atagan.

«Isroil Davlati mustaqilligining 70 yilligi arafasida bu juda to‘g‘ri va ajoyib sovg‘aga aylandi», - deyiladi davlat rahbarining Twitter’da e'lon qilingan xabarida.

Avvalroq Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida rasman tan oldi va Davlat departamentiga AQSh elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash haqida topshiriq berdi.

«Bu juda noto‘g‘ri qadam» - Yevropa yetakchilari Trampdan norozi

Mavzuga oid