Jahon | 07:49 / 08.12.2017
14222
1 daqiqa o‘qiladi

Falastin AQSh vitse-prezidentini qabul qilishdan bosh tortdi

Foto: Michael Conroy/AP

Falastin rahbariyati Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi va AQShning Isroildagi elchixonasining u yerga ko‘chirilishi qaroriga nisbatan norozilik sifatida AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan uchrashishdan bosh tortdi. Bu haqda Falastinning FATH harakati vakili Jabroil Rajubga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

“Biz bosib olingan Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishiga javoban AQSh vitse-prezidentini Falastin hududida qabul qilmaymiz”, deb aytgan Rajub.

AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQSh davlat departamentiga elchixonani Tel-Avivdan u yerga ko‘chirishni boshlash vazifasini topshirdi. AQSh kongressi Al-Quds bo‘yicha ushbu qarorni 1995 yildayoq chiqargan, biroq avvalgi prezidentlar tegishli hujjatni imzolamay kelganlar. BMTda ta'kidlanishicha, ushbu masalani Isroil va Falastingina hal qila oladi.

Mavzuga oid