G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlar vaqtida bir falastinlik halok bo‘ldi
G‘azo sektorida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuv vaqtida jarohat olgan falastinliklardan biri jon berdi. Bu haqda tibbiy xizmat xodimlariga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.
G‘azodagi, shuningdek, Quds va Iordan daryosining g‘arbiy sohilida isroilliklar bilan to‘qnashuv AQSh prezidenti Donald Tramp Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi tufayli boshlanib ketdi.
Qizil oy jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektori hududidagi to‘qnashuvlar vaqtida jarohat olgan kishilar soni 50 nafardan ortiq, shuningdek, Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Qudsdagi to‘qnashuvlarda jami 245 kishi jarohatlangan.
6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Al-Qudsga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.
Al-Qudsning statusi — falastin-isroil mojarolarida eng asosiy muammolardan biri. Isroilliklar shaharning sharqiy qismini 1967 yilgi urush natijasida bosib olishgan. Ular Al-Qudsni Isroilning yagona va bo‘linmas poytaxti deb iddao qilib kelishadi. Falastinliklar esa shaharning sharqiy qismini o‘z poytaxti qilish istagida.
Mavzuga oid
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024