Nyu-Yorkdagi portlashning yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi (video)
Nyu-Yorkdagi Manhetten dahasida 42 va 8-avenyular kesishmasida, Port Autoriti avtovokzali oldida portlash sodir bo‘ldi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, portlash yo‘lovchilardan biridagi qo‘lbola bomba portlab ketishi tufayli sodir bo‘lgan, bu portlashdan faqat uning o‘zi jarohatlangan. U ayni vaqtda politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
U portlashni qasddan sodir etgani yoki portlovchi qurilma masofadan turib boshqarilgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Ayrim guvohlar boshqa portlashlar bo‘lgani haqida ham aytishmoqda.
The New York Post nashri o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan shaxs Bangladeshning 27 yoshli fuqarosidir. U Bruklinda yashagani, IShID tarafdori bo‘lgani aytilmoqda.
Internetda portlash ro‘y bergan vaqtda olingan video paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024