Qirg‘iziston O‘zbekistonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlarini egallashni taklif qildi
Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekistonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bozorlarini birgalikda egallashni taklif qildi.
“Biz qo‘shma korxonalar tuzishimiz va birgalikda YeOII bozorlarini izlashimiz mumkin”, deb aytgan Jeenbekov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda.
Jeenbekovning aytishicha, ikki davlat prezidentlari oxirgi yil ichida chorak asrdan beri amalga oshirilmagan ishlarni qilib yuborishgan, ya'ni barcha o‘zaro savollar barham topdi. Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti sifatida ushbu yuqori darajadagi aloqalarni saqlashni o‘z vazifasi deb biladi.
“Bugungi muzokaralarda men siz chin yurakdan bizning xalqlar orasida to‘siqlar bo‘lmasligini istashingizni angladim. Biz birgalikda bunga erishamiz. Ikki oy ichida juda ko‘p ish qilindi. Siz Almazbek Sharshenovich bilan hamkorlik darajasini strategik darajaga yetkazdingiz. Biz buni saqlab qolishimiz kerak”, deb aytgan Jeenbekov Mirziyoyevga yuzlanib.
Jeenbekov, shuningdek, chegaraoldi hududlarida hamkorlik ham muhim yo‘nalish hisoblanishini aytib o‘tgan. Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faol ishi muhimligini qayd qilib o‘tgan.
“Davlatlarimiz biznesmenlari oxirgi ikki oy ichida 4 marta uchrashishgani quvontiradi. Qirg‘iziston Yevropa bilan savdo qila oladi. Bundan tashqari, biz YeOIIga ham kiramiz. U yerda ham ustunliklar bor. Qo‘shma korxonalar yaratib, biz birgalikda mahsulotlarni o‘tkazish bozorlarini topa olardik”, deb aytgan Jeenbekov.
“Bizda siyosiy iroda ko‘rsatib, hal qilish mumkin bo‘lgan ancha savollar to‘planib qolgan. Biz bu irodani ko‘rmokdamiz va birgalikda ishlashni davom ettiramiz. Umuman olganda, Qirg‘iziston delegatsiyasi o‘tkazilgan muzokaralar natijalaridan mamnun. Bizda hali oldinda ko‘p ish va sermazmun rejalar bor”, deb qo‘shimcha qilgan Jeenbekov.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024