Sport | 00:47 / 18.12.2017
7739
1 daqiqa o‘qiladi

APL. "Liverpul" safarda javobsiz 4ta gol urdi

Foto: Twitter/Premierleague

Angliya chempionati 18-turining navbatdagi o‘yinida "Liverpul" "Bornmut" uyiga safar qildi. Uchrashuv mehmonlarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

20-daqiqada Koutino hisobni ochgan bo‘lsa, 6 daqiqada o‘tib, Lovren farqni oshirdi. 44-daqiqada Saloh hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvdagi so‘nggi gol 66-daqiqada Firmino tomonidan kiritildi. 

Bornmut – Liverpul 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Koutino, 0:2 – 26 Lovren, 0:3 – 44 Saloh, 0:4 – 66 Firmino.
Bornmut – Begovich, Frensis, Deniels (Kuk, 56), Smit, Ake, Serman, Kuk, Pyu (Freyzer, 46), Ayb, King (Stanislas, 31), Defo.
Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Koutino (Ingz, 87), Oksleyd-Chemberlen, Firmino (Solanke, 76), Veynaldum, Saloh (Lallana, 71), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Ake (10), Lallana (73).

Mavzuga oid