Sport | 00:02 / 19.12.2017
36815
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi qachon tayinlanishi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umidjon Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiy qachon tayinlanishi mumkinligini ma'lum qildi.

«Hozirda bir necha murabbiylar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Milliy terma jamoa uchun bosh murabbiylikka kimlar bilan muzokaralarga kirishganimizni oldinroq ma'lum qilganmiz. Ammo hozircha hech kimdan aniq javob ololmadik.

Yanvar oyining boshida terma jamoa bosh murabbiyi kim bo‘lishini e'lon qilamiz. U oldin boshqargan terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etgan murabbiy bo‘ladi. Uning kelishi barchani xursand qiladi, deb o‘ylayman», deya gapirib o‘tgan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun 9 nafar xorijlik murabbiy nomi e'lon qilingandi.

Mavzuga oid