Mojaro keskinlashdi: Qirg‘izistonda Babanovning telekanali mol-mulki xatlovga olindi
Qirg‘izistondagi sud muxolif «Respublika» siyosiy partiyasi yetakchisi va bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sooronbay Jeenbekovning asosiy raqobatchisiga aylangan Omurbek Babanovga tegishli bo‘lgan NTS telekanali mol-mulkini xatlovga oldi. Bu haqda RIA Novosti telekanal vakiliga tayangan holda xabar berdi.
Babanov Qirg‘izistonda 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sooronbay Jeenbekovning asosiy raqobatchisiga aylandi, biroq mag‘lubiyatga uchradi. Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi saylovlardan so‘ng Babanovga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining «millatlararo, irqiy nifoqni keltirib chiqarish» va «konstitutsiyaviy tuzumni to‘ntarib tashlashga chaqiriq» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Babanov Qirg‘izistonni tark etdi va «sog‘lig‘ini undan tashqarida tiklashi» haqida xabar berdi.
«Ayni damda mol-mulkni xatlash davom etmoqda. Sud ijrochilari buxgalteriya hujjatlarini o‘rganib chiqishmoqda», - deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, telekanal mol-mulki Bishkek tumanlararo sudi tomonidan, Grexton Capital LTD va «Ayant» kompaniyalari o‘rtasidagi xo‘jalik bahsi doirasida xatlovga olindi. Telekanal bosh muharriri Mirjan Balibayevning NTS efirida xabar berishicha, shikoyat arizasi qariyb 6 yil avval tugatilgan «Ayant» kompaniyasiga nisbatan yuborilgan.
Rossiyaning NTV telekanali retranslyatsiyasi huquqiga ega bo‘lgan kompaniya efiri ayni damda davom etmoqda. NTS’dagilar mol-mulk xatlovga olinganidan so‘ng ishni davom ettira olmasliklaridan xavfsirashmoqda, sababi televizion texnika, xususan, telekameralarni binodan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024