Light | 20:20 / 22.12.2017
24381
5 daqiqa o‘qiladi

Hamma kabi fikrlash doirasidan qanday chiqish kerak?

Foto: abselion

Ishga qanday yondashish kerakligini bilsangiz, oxir-oqibat orzuingizdagi hayotga erishishingiz mumkin. Medium shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Xato va mag‘lubiyatlardan qo‘rqmang

Ko‘pchilik bir tomondan omadsiz bo‘lsa, o‘zini butkul  omadsiz inson, deb hisoblaydi. O‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bilan bog‘liq bo‘lganda har qanday xato nokompetentlik isbotidek qabul qilinadi. Biroq aynan shunday fikrlash oddiylik doirasidan chiqishga xalaqit beradi. Agar siz muvaffaqiyatsizlikka uchramasangiz, o‘z xatolaringizdan saboq chiqarib, biror yangi narsani o‘rgana olmaysiz. Agar o‘qib-o‘rganmasangiz, rivojlanish va o‘sishdan to‘xtab qolasiz.

Agar ishlarga tezroq ulgurishni istasangiz, muvaffaqiyatsizlik chastotasini ikki barobarga oshirishingiz kerak. Muvaffaqiyat omadsizlikning orqasidan keladi.

Tomas Uotson, IBM'ning birinchi prezidenti

Omadsizlik inson xulq-atvorini rivojlantiradi, uni xatolar ustida ishlash va hamma narsani haddan tashqari jiddiy qabul qilmaslikka yordam beradi.

O‘rganishdan to‘xtamang

Foto: anhtuanle

Aksariyat bo‘sh vaqtini o‘z ustida ishlash, rivojlanish o‘rniga ko‘ngilxushliklarga sarflashni ma'qul ko‘radi. Bir tomondan buning ajablanarli joyi yo‘q - o‘qish qiyin, axir. Yordam so‘rash, o‘z ishida takomillashish, ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrashning qizig‘i yo‘q.

Takrorlash zerikarli, u ko‘plarni charchatadi, shuning uchun biror sohani mukammal egallagan odamlar kamchilikni tashkil qiladi. Biror nimani o‘rganishni boshlash oson bo‘lmaydi, biroq yodingizda bo‘lsin:

  • Har kuni mutolaaga vaqt ajratganingizda millionlab odamlar qo‘liga kitob olmagan bo‘ladi;
  • Har kuni ertalab biror nima ustida ishlash uchun turganingizda boshqalar uxlashda davom etayotgan bo‘ladi;
  • Har kuni oldinga qarab harakatlanganingizda millionlab odamlar yengiladi.

Ko‘zlagan niyatingizga erishishingizga ishoning

Foto: Getty Images

Aksariyat odamlar qalbining tub-tubida o‘zini muvaffaqiyatga erishish uchun zarur fazilatlarga ega emas, deb hisoblashadi va bu o‘z-o‘zidan ro‘y beradi: o‘zingizga ishonmasangiz, hech nimaning uddasidan chiqa olmaysiz.

Hech kim o‘zi ishonmay turib, badavlat bo‘la olmaydi.

Napoleon Xill, «Fikrla va badavlat bo‘l» kitobining muallifi

Miyangizni o‘zingiz erishishni istagan yo‘nalishga sozlasangiz, u aynan shu yo‘nalishda ishlashni boshlaydi.

Pul va yuksak amal emas, yangi tajriba va rivojlanishga intiling

Odamlar ko‘pincha hayotning qadriga yetmay, o‘zlarini baxtsiz his qilishadi. Hozir istagan odam "ekspert" yoki "direktor" bo‘la oladigan payt. Agar faqat pul va mavqe ortidan yugursangiz, oxir-oqibat jarlik yoqasiga kelib qolasiz. Asosiy maqsadlar tajriba va shaxs sifatida rivojlanish orqali o‘qib-o‘rganish bo‘lishi kerak.

Muvaffaqiyatga osonlikcha erishib bo‘lmaydi, u o‘zi yuzaga kelishi kerak.

Viktor Frankl, avstriyalik psixiatr, psixolog va nevrolog

Ko‘pchilik o‘z hayotini mutlaqo boshqa narsalar ketidan quvib o‘tkazadi: pullar, xavfsizlik, e'tirof va h.k. Biroq bularning bari siz ko‘zlayotgan maqsadlarga erishishda yordam bermaydi. Shunday ekan, boshqalarda taassurot qoldirish uchun yuqori amallarga ko‘z tikib yashamang. Siz diqqatingizni kelgusida o‘zingiz faxrlanishingiz mumkin bo‘lgan inson bo‘lishga qarating.

Boshqalarga kamroq hasad qiling, o‘z ustingizda ko‘proq ishlang

Foto: Thought Catalog

Hasadga sarflangan har bir daqiqa bekor ketgan hisoblanadi. Agar doim boshqalarga qarab yashaydigan bo‘lsangiz, o‘zligingizni yo‘qotasiz. Qarashlar va xatti-harakatlar farqlansa, o‘zingizni baxtsiz his qilasiz. Shuning uchun boshqalarning muvaffaqiyati haqida o‘ylayvermay, o‘z ustingizda ishlang.

O‘qing, tajriba orttiring, xato qiling, nima ish beradi, nima esa yo‘q - aniqlang. Sekin-asta sur'atni oshirib, o‘z maqsadingizga yaqinlashasiz.

  • Hamma kabi bo‘lish o‘rniga muvaffaqiyatni tanlang;
  • Ko‘ngilxushlik o‘rniga o‘qishni tanlang;
  • Hasad qilishning o‘rniga o‘z ustingizda ishlang;
  • Boshqalar emas, o‘zingiz xohlagan narsani tanlang.

Mavzuga oid