Jahon | 13:00 / 27.12.2017
9169
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda 15 jangari qatl etildi

Foto: Reuters

Misr hukumati 2013 yilda Sinayda amalga oshirilgan hujum uchun qamalgan 15 jangarini qatl etdi. O‘shanda hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar yarim orolda hukumat tepasidan chetlatilgan prezidentning qurollangan tarafdorlariga qarshi amaliyot o‘tkazishgandi, deb xabar qilmoqda Bi-bi-si.

Qatl 2015 yildan beri eng yirigiga aylandi hamda mamlakat tarixidagi eng qonli terakt – Sinaydagi masjidga amalga oshirilgan hujumdan (300 dan ortiq inson halok bo‘ldi – tah.) so‘ng bir oy o‘tib ijroga keltirildi. 

O‘shanda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy harbiylarga yarim orolda radikal kayfiyatdagi tuzilmalarni yo‘q qilish uchun uch oy muddat hamda “qo‘pol kuchdan” foydalanishga ruxsat berdi.

Mamlakat shimolidagi ikki qamoqxonada seshanba kuni qatl etilgan shaxslar 2013 yildagi qotilliklar va harbiy texnikani portlatish aybi bilan qamalgandi. O‘sha yili armiya prezident Muhammad Mursiyni hokimiyatdan chetlatdi, uning “Musulmon birodarlar” tashkilotidan bo‘lgan tarafdorlari esa qonundan tashqarida, deb ma'lum qilindi.

Mavzuga oid