Sport | 19:40 / 28.12.2017
8193
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda kattalar  va bolalar futbolining eng yaxshilari taqdirlandi

Andijon viloyat futbol federatsiyasi millionlar o‘yini bo‘lgan sport turiga mehnati singgan murabbiy, futbolchi va bolalar futboli vakillarini bir dasturxon atrofiga jamlab, turli musobaqalarda muvaffaqiyatga erishgan soha vakillari uchun taqdirlash marosimi tashkil etdi.

Viloyatning asosiy jamoasi katta yutuqlarga erishmayotgan bo‘lsada, hududda voyaga yetgan bir qator futbolchilar, murabbiylar va hakamlar mehnati e'tirofga loyiq.

Tadbir davomida turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan futbolchilar, murabbiylar va hakamlarga maxsus sovg‘alar topshirildi.

“Viloyatda yilning yaxshi o‘yinchisi”  tanloviga uchta nomzod -  “Nasaf” klubida to‘p surayotgan Bahrom Abdurahimov, “Andijon” klubidan Ibrohim Otaxonov hamda Rossiyaning “Tosno” jamoasi futbolchisi Vagiz Galiulin qo‘yilgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Vagiz Galiulin o‘z hamkasblarini ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Hakamlar nominatsiyasida sovrin oliy va birinchi liga o‘yinlarida hakamlik qilib kelayotgan Temur To‘xtasinov tengsiz deb topildi. Bundan tashqari, eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi muxlis mukofotlari ham o‘z egalariga topshirildi. Mukofotlarni viloyat futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov va sport sohasi mutasaddilari topshirdilar.

Foto: Kun.uz

Sho‘rbuloq futbolga ixtisoslashgan futbol-internatida esa joriy yil xalqaro va Respublika miqiyosida o‘tkazilgan ko‘plab musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilar taqdirlandilar. Ta'lim dargohiga bayram munosabati bilan qo‘g‘irchoq teatri tashrif buyurib o‘zbek xalq ertaklari asosida sahnalashtirilgan spektaklni namoyish qilib berdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

O‘ylaymizki, mana shunday tadbirlar viloyatda futbolni rivojlantirishda katta o‘rin tutadi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid