Fan-texnika | 22:12 / 28.12.2017
11013
1 daqiqa o‘qiladi

Apple sudda Steve Jobs kompaniyasiga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Napoli.Repubblica.it

Jinsi ishlab chiqaruvchi Steve Jobs firmasi Amerikaning Apple kompaniyasi ustidan g‘alaba qozondi. Napoli.Repubblica.it shu haqida xabar berdi

2012 yilda aka-uka Vinchentso va Jakomo Barbatolar Apple hammuassisi Stiv Jobs nomi bilan savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilishdi. Aka-uka Barbatolar shu nom ostida jinsi ishlab chiqara boshlashdi.

Ta'kidlanishicha, Apple italiyaliklarni sudga berishga shoshilgan. Biroq bunga kompaniya nomi emas, uning logosi sabab bo‘lgan — tishlangan olmaga o‘xshash J harfi.

Shunga qaramay, sud italiyaliklarni haq deya qaror chiqardi. Steve Jobs esa o‘z assortimentini yanada kengaytirish niyatida. 

Mavzuga oid