O‘zbekiston | 11:50 / 28.12.2017
15061
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston yoshlariga ko‘maklashuvchi assotsiatsiya tashkil qilindi

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Muassasa shaklidagi “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni parlamentga murojaatnomasida shunday assotsiatsiyani tashkil etish lozimligi haqida ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid