Jahon | 23:45 / 28.12.2017
11996
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko asirdan ozod qilingan ukrainaliklarni shaxsan o‘zi kutib oldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko asirda ushlab turilgan ukrainaliklarni Kiyevdagi Borispol aeportida kutib oldi. Ozod qilingan harbiylar bu yerga ayirboshlashdan keyin yetkazilganlar. Poroshenko harbiy kiyimda bo‘lgan. U asirlarning ozod qilinishiga izoh berib, bu voqea Ukraina uchun joriy yildagi eng muhimi deb hisoblanishini hamda Kiyev hech qachon o‘z fuqarolarini kulfatda qoldirmasligini aytdi.  

Avvalroq 27 dekabrda Gorlovka aholi punkti yaqinidagi o‘tkazish punktida o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Donetsk va Lugansk respublikalari bilan ixtilof boshidan beri bu respublikalar va Kiyev o‘rtasida eng ko‘p sondagi asirlarni ayirboshlash bo‘lib o‘tdi. Umumiy holda tomonlar 311 kishini o‘zaro ayirboshlashgan.

Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS

Mavzuga oid