Jahon | 12:20 / 06.01.2018
39925
2 daqiqa o‘qiladi

«Xuddi it kabi». Tramp juda keskin fikr bildirdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Maykl Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobini yana tanqid ostiga oldi. Xususan, u o‘zining strategik masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiv Bennonni it bilan tenglashtirgan.

OAVning xabar berishicha, kitobga Bennonning so‘zlari ham kiritilgan, unda sobiq maslahatchi Trampning «ruslar» bilan 2016 yil iyun oyidagi uchrashuvini «sotqinlik» deb atagan. 

«Maykl Vulf – haqiqiy omadsiz, u tarixni to‘qib chiqardi va buni ushbu zerikarli hamda yolg‘on kitobni sotish maqsadida qildi. U yalqov Stiv Bennondan foydalandi. Bennon esa ishdan bo‘shatilganida yig‘lagandi va ish haqida o‘tinib so‘ragandi. Endilikda Stiv xuddi it kabi barcha tomonidan tashlab ketildi. Juda afsuslanarli!» - deya yozdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy haqidagi kitobda Trampning o‘rnini kim egallashni xohlayotgani aytilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid