Jahon | 19:30 / 09.01.2018
17972
3 daqiqa o‘qiladi

«Malaylar». Eron oliy rahbari bayonot berdi 

Oyatulloh Ali Xomanaiy

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning ma'lum qilishicha, xalq o‘z noroziligini namoyishlar davomida bildirishi mumkin, biroq bunday chiqishlarni zo‘ravonlik harakatlari bilan adashtirish kerak emas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisalar tahlili bir nuqtada kesishgan, u shundan iboratki, xalqning samimiy va qonuniy talablarini turli zo‘ravonlik harakatlaridan ajrata bilish lozim.

"Qaysidir inson huquqlardan mahrum etilsa va u norozilik bildirsa, yoki qayerdadir norozilar guruhi yig‘ilsa – bu 100 yoxud 500 kishi bo‘ladimi – bir masala. Ba'zilar bundan foydalanib, Qur'on, islomni haqorat qilsa, bayroqni toptasa, yong‘inlar uyushtirsa – bu umuman boshqa narsa", - deya ma'lum qilgan Xomanaiy. 

Xomanaiy Kuma xalqi oldida chiqish qilib, Eron atrofida so‘nggi namoyishlarni keltirib chiqargan davlatlar "uchburchagi" shakllanganini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "uchburchak" boshida "AQSh va sionistlar" turibdi, ular shunday rejaga tuzganki, unga ko‘ra namoyishlar kichik shaharlardan asta-sekin markazlarga ko‘chishi lozim bo‘lgan. Shuningdek u yerga, uning so‘zlariga ko‘ra, “Fors ko‘rfazining boy davlatlaridan biri” ham kiradi, u namoyishlarni moliyalashtirgan. Uchinchi element esa, Xomanaiyning bildirishicha, “malaylar” bo‘lgan.

Eron oliy rahbarining ta'kidlashicha, AQSh va Buyuk Britaniyaning Eronga qarshi qaratilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi va kelajakda ham bu borada o‘zgarish bo‘lmaydi.

Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Tehronda so‘nggi uch kun ichida taxminan 450 kishi qo‘lga olindi.

Mavzuga oid