Jahon | 15:40 / 09.01.2018
7034
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rta Yer dengizida yana mudhish fojia, 64 qochqin halok bo‘ldi

Foto: Anadolu

O‘rta Yer dengizida Italiya qirg‘oqlariga yetib olishga uringan 64 nafar qochqin halok bo‘ldi.

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotdan xabar berishlaricha, fojia shanba, 6 yanvar kuni yuz bergan. 150 nafar qochqin bo‘lgan puflama qayiq Liviya qirg‘oqlaridan Italiyaga qarab yo‘lga chiqqan.

«Qayiq cho‘kib ketdi. Faqatgina 86 qochqin qutqarib olindi. Hozircha sakkiz kishining jasadi topildi», - deya xabar berdi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning Italiyadagi vakili Flavio di Jiakomo Twitter’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya sohilni qo‘riqlash kuchlari cho‘kayotgan qochqinlarga yordamga yetib kelishga harakat qilgan.

Mavzuga oid