O‘zbekiston | 12:40 / 10.01.2018
26355
2 daqiqa o‘qiladi
Respublika bank kengashi tugatildi
Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son Farmoni bilan Markaziy bank faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Farmonga ko‘ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilandi:
- narxlar barqarorligi;
- bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
- to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Markaziy bankning Bank nazorati va Kredit qo‘mitalari, Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
Quyidagi komissiya va kengashlar tugatildi:
- Respublika bank kengashi;
- Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi;
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va byudjyetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi.
Farmon bilan shuningdek:
- bankrot deb topilgan yoki kredit bo‘yicha uzilmagan qarzdorligi mavjud korxonalarni tijorat banklari mulkiga o‘tkazish tartibi bekor qilindi;
- boshqaruv kompaniyalari, investitsion kompaniya va fondlar, bank faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustav fondlarida banklarning ishtiroki taqiqlandi.
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:12 / 25.05.2024
Adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
10:08 / 25.05.2024