Jamiyat | 15:15 / 10.01.2018
23170
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sug‘orishda innovatsion granulalar!

Foto: Gidrogel

Ekinlarning oziqlanishi va to‘g‘ri parvarishlanishi, ayniqsa sug‘orish suvi taqchil hududlarda, dehqonlar uchun sermahsul hosil olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida, suvsizlik tufayli o‘simliklarning nobud bo‘lishga guvoh bo‘lamiz. Biroq, dehqonchilikda gidrogel nomli vositaning paydo bo‘lishi bu va boshqa muammolarning oldini olishga katta yordam bermoqda.

Afsuski, ko‘pchilik gidrogel va uning foydali xususiyatlari haqida to‘liq ma'lumotlarga ega emas. Gidrogel sug‘orish vaqtida ham  vaqtni, ham suvni tejaydi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarga sarflanuvchi mablag‘larni ham tejaydi. 

Gidrogel nima?

Gidrogel – o‘ziga nam tortuvchi, yuqori bo‘kuvchanlik xususiyatiga ega sintetik polimer bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan makro va mikroelement hamda ekinlarni rivojlanishiga kuchli ta'sir beruvchi mikroorganizmlarga ega. U, tuproq tarkibida ko‘p miqdordagi namlikni uzoq vaqt  davomida saqlash va o‘zlashmay yotgan mineral o‘g‘itlarni o‘simlik uchun qayta o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.

Gidrogel yomg‘ir suvlarida o‘z og‘irligidan 200-300 marta, tuproqlarda esa tuproq tarkibidagi turli tuzlar miqdoriga qarab 200-250 martagacha ko‘p suvni yutadi.

 Tuproqqa atmosfera yog‘inlari  yoki sug‘orish yo‘li bilan o‘tgan suv o‘simliklar ildiziga bemalol o‘tadigan holatda saqlanadi.

Gidrogellardan foydalanishning afzalliklari:

- sug‘oruv suvini 20-40%ga tejaydi;

- mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida tutib qolish hisobiga uning sarfini kamaytiradi;

- unumdor qatlamni yanada boyitadi va hosildorlikni oshiradi;

- yerlar va yer osti suvlarini sho‘rlanishdan saqlaydi;

- mahsulot hosildorligini 30-40%na oshiradi, uning tannarhini pasaytiradi.

Qayerda qo‘llaniladi?

Gidrogeldan suv bilan kam to‘yingan va turli darajadagi sho‘rlangan yerlarda - boshoqli ekinlar va paxta ekishda;

- sabzavot va poliz ekinlarini ekishda;

- o‘rmonchilikda - ko‘chatlar (saksovul, turli daraxtlar) ekishda;

- ko‘kalamzorlashtirishda - gazon, gul va shunga o‘xshash manzarali ekinlar ekishda keng ko‘lamda foydalanish mumkin.

Gidrogellardan foydalanish deyarli barcha turdagi o‘simliklarga tez va kuchli ta'sir etib, bexato unib chiqishini hamda o‘simliklar  hosildorligini oshirishini ta'minlaydi.

Nima uchun gidrogel?

Ekinlarni sug‘orishda gidrogeldan foydalanuvchi dehqonlar, bog‘bonlar juda ham katta ijobiy natijaga erishishadi. Gidrogel tarkibida mineral va biologik  o‘g‘itlar, mikroelementlar va o‘simliklarni turli kasalliklardan himoyalovchi biologik mikroorganizmlar mavjud.

O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, gidrogel tuvakda o‘stiriladigan o‘simliklarni sug‘orishga sarflanadigan  suvni 50-80 foizini, qishloq xo‘jalik ekinlariga ajratiladigan suvni esa 20-40 foizini tejashga yordam beradi. Shuningdek,  tarkibidagi biologik moddalar orqali turli mineral o‘g‘itlarni 60-70 foizgacha tejash imkoniyatini yaratadi. Natijada juda katta miqdordagi mineral o‘g‘itlar va suv tejaladi, yer osti suvlari zararlanishining oldi olinadi.

Yaroqlik muddati

Gidrogeldan 3-4 yil davomida foydalanilsa ham u  o‘z xossalarini yo‘qotmaydi. Eskirgan gidrogel destruktsiyalanishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar yerning infrastrukturasini buzmaydi. Aksincha azotli o‘g‘it sifatida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirishga qulay hisoblanadi.

Gidrogellarning chirish jarayoni to‘liq zararsiz, ekologik tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Dunyoda turli xildagi gidrogellar mavjud bo‘lib, ularning asosiy vazifasi - suvni tejab qolishdir. Suvni tejash bilan bir qatorda tarkibida organik birikma va turli xildagi biologik organizmlar mavjudligi mahsulotimizning asosiy yutug‘idir.

Qayerdan xarid qilish mumkin?

Ishlab chiqarish Toshkent va Namangan viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan. Barcha viloyatlarga yetkazib berish imkoniyati mavjud. To‘lovlar: siz istagan usulda amalga oshiriladi.

+998913676433, +998977628202

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid