Tojikiston prezidenti Aripov bilan uchrashuvda suv masalasi bo‘yicha nima dedi?
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari bugun Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va respublikaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda «AP» xabar bermoqda.
Xususan, savdo cheklovlarini bartaraf etish, fuqarolarning ikki tomonlama safarlari tartibini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun tariflarni pasaytirish, mavjud temir yo‘llarni tiklash, chegara hududidagi minalashtirilgan maydonlarni tozalash, nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish va boshqa masalalar muhokama etilgan.
«Davlat rahbari suv va energetika resurslaridan foydalanish borasida davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta'kidladi. Uning qayd etishicha, Tojikiston mintaqa mamlakatlari uchun bu jihatdan hech qachon muammo yaratmagan, aksincha suv va atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni har doim qo‘llab-quvvatlagan», - deya xabar bergan TR prezidenti matbuot xizmati.
Uchrashuvda shuningdek, mintaqaviy va global tahdidlar, jumladan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:32 / 31.10.2024