O‘zbekiston | 12:50 / 11.01.2018
131151
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning viloyatlarga safari rejimi o‘zgardi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev endilikda qaysi hududga xizmat safariga boradigan bo‘lsa, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qilgan.

«Barchangizning e'tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Bundan buyon men qaysi hududga xizmat safariga boradigan bo‘lsam, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishaman. Ikkinchi kuni esa, shu hududdagi harbiy-ma'muriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama o‘rganib chiqaman.

Yil davomida shunday tartibda ish olib boramiz. Hokimlar, okrug qo‘mondonlari va boshqa tegishli mutasaddi rahbarlar buni albatta e'tiborga olishi lozim», - dedi prezident.

Ta'kidlash joizki, harbiy-ma'muriy sektorlar mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, armiya va xalqning birligini ta'minlash uchun yaratilgan. Ularning yordami bilan mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda mahalliy hokimiyatlarning roli yanada faol va muhimroq bo‘ladi.

 

Mavzuga oid