WhatsApp'da spamdan himoyalovchi funksiya paydo bo‘ldi
WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarni himoyalovchi choralarni qabul qilmoqda. Endi bir xabarning ko‘p marta yo‘llanish holatlarida foydalanuvchilarga spamdan ogohlantirish yo‘llanadi. Ishlab chiqaruvchilar WABetaInfo saytida shu haqida xabar berishdi.
Hozirda yangi dastur test jarayonidan o‘tmoqda.
Xabarga ko‘ra, bu ilovadagi spamdan xalos bo‘lishga yo‘naltirilgan yagona yo‘nalish emas. Biroq foydalanuvchilar himoyasi uchun yana qanday choralar qabul qilinishiga aniqlik kiritilmagan.
WhatsApp — planshet va smartfonlar uchun matnli xabarlar bilan lahzalik almashinuv tizimi, u ovozli va videoaloqani qo‘llab-quvvatlaydi. U 2009 yilda yo‘lga qo‘yilgan.
Ta'kidlash joizki, WhatsApp joriy yilning 1 yanvaridan Windows 8.0 va undan oldingi versiyalarda, shuningdek BlackBerry OS (BlackBerry 10)da operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
20:00 / 19.08.2024
Yaqinlaringizga qachon oxirgi marta qo‘ng‘iroq qildingiz?
22:46 / 19.07.2024
Telegram firibgarlarga qarshi choralarni joriy qiladi
10:53 / 25.05.2024
VK 26 iyundan boshlab ICQ messenjeri ishi to‘xtatilishini e’lon qildi
10:21 / 04.04.2024