Jahon | 00:19 / 19.01.2018
18383
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik Qirg‘iziston chegarasini O‘zbekiston fuqarosi pasporti bilan o‘tishga urindi

Qirg‘iziston chegarachilari Qozog‘istondan Qirg‘izistonga qalbaki pasport bo‘yicha o‘tishga uringan Xitoy fuqarosini qo‘lga olishdi.  
     
Ta'kidlanishicha, pasport nazoratida xitoylik O‘zbekiston fuqarosi pasportini taqdim qilgan. Chegarachi pasportni tekshirib, unda rasm o‘zgartirilganini aniqlagan.

“So‘roq vaqtida 40 yoshli erkak Xitoy fuqarosi ekanligi aniqlangan. Uning aytishicha, u qalbaki pasportni Turkiyada sotib olgan. Hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin xitoylik milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limi xodimlariga topshirilgan”, deb ma'lum qilingan chegara xizmatida. 

Mavzuga oid