Jamiyat | 18:55 / 19.01.2018
24511
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov 60 yoshga to‘ldi

Foto: O‘zbekkino

Taniqli kinorejissyor va ssenarist Zulfiqor Musoqov 60 yoshga to‘ldi. 1958 yil Olmaliqda tavallud topgan taniqli ijodkor o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989 yildan boshlagan. 

Zulfiqor Musoqov o‘zining “Abdullajon”, “Bomba”, “Yaratganga shukur”, “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar – 1-2”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob” kabi filmlari va “Ayol zoti” teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. 

Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning «Vatan» filmi 2007 yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda «Osiyoning eng yaxshi filmi» nominatsiyasiga da'vogarlik qilgan. 2011 yilda rejissyor suratga olgan «Qo‘rg‘oshin» badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan «Kinoshok» Xalqaro kinofestivalida qatnashib, «Eng yaxshi ssenariy» nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.

Zulfiqor Musoqov 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi”unvoniga sazovor bo‘lgan. 

KUN.UZ tahririyati Zulfiqor Musoqovga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

 

Mavzuga oid