Jahon | 16:34 / 24.01.2018
10218
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an Turkiya chegarasi bo‘ylab kuzatilayotgan «o‘yinlar»ni tilga oldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya bilan chegara yaqinida «o‘yinlarga yakun yasash» niyatida ekanini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Manbijdan boshlab... chegaralarimiz bo‘ylab bu o‘yinlarga yakun yasashimiz kerak. Buni qilishda davom etamiz», - deya aytib o‘tgan Erdo‘g‘an. U Suriyaning Afrinida o‘tkazilayotgan amaliyotning beshinchi kuni Anqarada mahalliy ma'muriyatlar rahbarlari oldida chiqish qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi asosiy muxolif Xalq-respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li «Zaytun novdasi» amaliyotini qo‘llab-quvvatlagandi. Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa mahkamasi rahbari Jyeyms Mettis Turkiyani Suriyada «vazminlikka» chaqirdi.