INTeRVYu | 16:50 / 24.01.2018
17324
3 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati hokimi gaz va ichimlik suvidagi muammolar haqida gapirdi

Foto: KUN.UZ

KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Mirzayev suhbat davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, tabiiy gaz, ko‘mir va suyultirilgan gaz ta'minoti bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Tabiiy gaz, ko‘mir va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash masalasi bo‘yicha kuzda alohida dastur asosida ishladik. Bizda nafaqat 100 foiz aholi, balki xalq ta'limi sohasi ham, boshqa sohalar ham qattiq yoqilg‘ida isitiladi. Xalq ta'limi sohasi uchun jami 5473 tonna, shundan 3058 tonnasi ko‘mir va 2415 tonna ko‘mir briketi - amalda 3628 tonna, shundan ko‘mir 3058 tonna, yuz foiz olingan, briketni esa 64 foizga qopladik. Viloyat aholisiga 11 ming tonna ko‘mirni ta'minlab berishimiz kerak edi, shuni biz 7 ming tonna ko‘mir, 4 ming tonna ko‘mir briketi mahsuloti zaxirasi bilan ta'minladik. Maktablar bo‘yicha… Bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bir yilda hammasini qila olmadik, lekin ishlarni faollashtiramiz. Hozirda bir tadbirkorimiz Qozog‘iston va boshqa davlatlardan pista ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelyapti.

O‘tgan yili gaz ta'minoti bo‘yicha bor-yo‘g‘i 9 km gaz quvuri mukammal ta'mirlangan, 18 km joriy ta'mirlandi, 1550 dona gaz taqsimlash nimstansiyalarida taftish o‘tkazildi. Bizda gazdan ko‘p joylarda noqonuniy ravishda foydalanishgan. 6,5 – 7 milliard so‘mlik qarzga egalar ham bor. Tadbirkorlar, respublika kasaba uyushmasi kam ta'minlangan oilalarga bu borada yordam bermoqda. 

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yaxshi ko‘rildi, lekin ba'zi muammolar uchrab turibdi. Bundan tashqari, gazning hamma quvurlari yerning tagidan olib o‘tilgan, bu ham Sirdaryo sharoitiga to‘g‘ri kelmas ekan. Birinchidan, sizot suv yaqin. Ikkinchidan, sho‘r, shu sababdan quvur tez korrozitsiyaga uchraydi. Ko‘p joylarda yerning ustiga olib chiqish bo‘yicha topshiriq berdik. 

Toza ichimlik suvi bo‘yicha ham hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Sababi, birinchidan, hamma joyda ham suvlarimiz sifat jihatidan talabga javob bermaydi. Ikkinchidan, suv bo‘yicha cho‘l tumanlarimizda eng og‘ir vaziyat – Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod. Xovosdagi masalalar esa yechilmoqda, suvni o‘sha tomondan olib kelmoqdamiz. O‘tgan yili 7 kilometrga suv tarmoqlarini tortdik – bu faqat ichki qishloqlarga. Agarda, shuni bu yil kamida 3-4 barobarga ko‘tarsak, natijalar yaxshilanadi, deb o‘ylayman. Bunga ko‘p xarajat ham ketmaydi – oddiygina bir minora va bir nasos. Suv ta'minotini yana 20 foizga yaxshilaymiz», - dedi G‘.Mirzayev.

Mavzuga oid