Sport | 16:10 / 25.01.2018
66211
2 daqiqa o‘qiladi

Termaga xorijdan katta maosh oluvchi murabbiy kelmaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mashhur va katta maosh oluvchi murabbiy olib kelinmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi rahbari Ochil Ramatov ma'lum qildi.

«Endi ikki-uch yil kamroq ovqat yesak ham vaziyatni to‘g‘rilab olish uchun ishlashimiz kerak bo‘ladi. Mahalliy murabbiylar bilan ishlashimiz kerak.

Biz millionlab maosh so‘rovchi buyuk murabbiylar olib kelib, odamlarning g‘ashiga tegishimiz shart emas. Arzonroq murabbiylar, futbol o‘ynashni o‘rgata oladigan murabbiylarni topsak ham bo‘ladi.

Axir biznikilar baribir yevropacha futbol o‘ynay olmaydiku? Bizda Sovet maktabi. Himoyachilar himoyada, hujumchilar hujumda o‘ynaydi. Buni sekin-sekin o‘zgartirish kerak. Hozir bizning bolalar zamonaviy uslublarda o‘ynay olmaydi.

Qolaversa, jismoniy tayyorgarlik talab darajasida emas. 15 daqiqa yaxshi o‘ynab, keyin tili osilib qoladi. Yoshlikdan tayyorlash kerak bolalarni.

Vaziyatdan kelib chiqib ishlaymiz. Zamonaviy murabbiylarni tayyorlaymiz», degan Ramatov.

Mavzuga oid