Sport | 11:55 / 26.01.2018
14439
1 daqiqa o‘qiladi

Rishod Sobirov dzyudo federatsiyasi sport direktoriga aylandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazdi.

Konferentsiyada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbarlari, federatsiyaning hududiy bo‘linmalar mutasaddilari, sportchilar, murabbiylar va hakamlar ishtirok etdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi. 

Konferentsiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Shu paytga qadar O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Bosh kotib sifatida ishlab kelgan sportning ushbu turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining uch karra bronza medali sohibi Rishod Sobirov bundan buyog‘iga federatsiya sport direktori sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Abdulla Murodov esa mamlakat dzyudo federatsiyasiga Bosh kotib etib saylandi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Mavzuga oid