Jahon | 07:35 / 28.01.2018
7802
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Falcon Heavy raketasining birinchi parvozi sanasini ma'lum qildi

Foto: SpaceX

Eng yangi Falcon Heavy raketa-tashuvchisining birinchi parvozi 6 fevralda amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask ma'lum qildi.

“Falcon Heavy raketasining birinchi parvozini 6 fevralda Kanaveral burnidagi “Apollon” 39A maydonchasidan amalga oshirmoqchimiz”, deb yozgan Mask tvitterda.

25 yanvarda SpaceX raketani o‘t oldirish sinovini o‘tkazdi. Bundan avval sinov ikki marta bekor qilingan. Kompaniya odatga ko‘ra parvozdan bir necha kun oldin o‘t oldirish sinovini o‘tkazadi.

Falcon Heavy raketasi Falcon 9 raketasi negizida qurilgan, uning birinchi pog‘onasi markaziy qismida 9 ta va yon tomondagi tezlashtiruvchi bloklarda 2 tadan, jami 27 ta Merlin 1D dvigateli bilan jihozlangan.

Mavzuga oid