Jahon | 17:00 / 29.01.2018
41565
2 daqiqa o‘qiladi

MRT uskunasi 32 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Hindistonning Mumbay shahridagi shifoxonada MRT uskunasi erkak kishini ichkariga tortib ketdi, natijada u hayot bilan to‘g‘ri kelmaydigan jarohatlar oldi. Ushbu hodisa haqida The New Indian Express nashri xabar tarqatgan.

32 yoshli Rajyesh Maru MRT uskunasi ishlayotgan xonaga kislorod balloni bilan kirgan. Maru ballonni keksa qarindoshiga olib kelgan bo‘lib, unga skanerdan o‘tkazish jarayonida hamrohlik qilayotgandi. Garchi uskuna ishlayotganda xonaga metall buyumlarni olib kirish taqiqlangan bo‘lsa-da, Maruning qaynisi so‘zlariga ko‘ra, shifoxona xodimi hammasi joyida bo‘lishi va buni har kuni qilishlari haqida aytgan. Bundan tashqari, u uskuna o‘chirib qo‘yilganini ma'lum qilgan. Shifokor va MRT operatori bunga umuman e'tibor berishmadi.

Maruga xonaga kirganida, uni kuchli magnit bilan skaner ichiga tortib ketgan. Shifokorlar darhol unga yordamga oshiqishdi, biroq erkak 10 daqiqadan so‘ng jonlantirish bo‘limida qon ketishidan vafot etdi.

Hodisa ro‘y bergan paytda xonada bo‘lgan shifoxona xodimlari tergovga jalb etildi va ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Mavzuga oid