O‘zbekiston | 18:20 / 31.01.2018
209903
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Inoyatovning yangi ish joyi ma'lum qilindi

MXX sobiq rahbari Rustam Inoyatov O‘zbekiston prezidenti apparatida ishlashda davom ettiradi. Kun.uz manbasi ma'lum qilishicha, Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi.

U bu lavozimda bugun bosh prokuror bo‘lgan Otabek Murodov o‘rnini egalladi. Otabek Murodov MXX raisligiga o‘tgan Ixtiyor Abdullayevni almashtirgandi.

Shu tariqa, bundan avvalroq Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov davlat maslahatchisi bo‘lgani haqida berilgan xabarlar tasdiqlanmadi.

Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketdi

Mavzuga oid