Ishga olish “bahosi”
Fuqaroning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda pora talab qilib olgan maktabgacha ta'lim muassasasining rahbari jinoyat ustida ushlandi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Mukarramxon Abdimo‘minova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oliy ma'lumotli, Quvasoy shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birining mudirasi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Muqaddam sudlanmagan. Ma'lum bo‘lishicha, u bilan bir mahallada yashovchi ayol mudiraga boshlang‘ich ta'lim bo‘yicha o‘rta-maxsus ma'lumotga ega qaynsinglisini bog‘chaga tarbiyachilikka ishga olishini iltimos qiladi. “Hozir bo‘sh ish joyi yo‘q”, deya javob olganidan keyin ham bir necha marta uchraydi. M.Abdimo‘minova esa “bir necha kundan keyin bir tarbiyachi homiladorlik ta'tiliga chiqib, ish o‘rni bo‘shaydi, qaynsinglingiz men bilan ko‘rishsin”, deya tayinlaydi.
Shundan so‘ng fuqaro Halimaxon Saidjonova mudira bilan ishxonasida gaplashadi. M.Abdimo‘minova ishga kirish uchun 400 AQSh dollari berishi kerakligini “tushuntiradi”. H.Saidjonova “ishsizligim bois uchma-uch yashab turibmiz, buncha pul topishim amru-mahol”, degach, ishga qabul qilish narxini ikki barobar kamaytiradi. H.Saidjonova mudirani ishlab turib, “rozi qilishga” ko‘ndiradi va muassasada tarbiyachi bo‘lib ish boshlaydi.
Bir oy o‘tar-o‘tmas, mudira “qarzi”ni uzib qo‘yishni so‘raydi. “Qarz”ni to‘laganidan keyin rasman ishga qabul qilinishi haqida buyruq chiqarishini aytadi. Noiloj qolgan H.Saidjonova 100 AQSh dollari keltirib beradi. Mudira “qolganini ham to‘lab qo‘ying”, deya qisti-bastiga olaveradi. “Bersang berding, bo‘lmasa, o‘rningga boshqa tarbiyachini ishga olaman”, deganidan so‘ng H.Saidjonova SVOJJDLQK departamentining Quvasoy shahar bo‘limiga murojaat etadi.
M.Abdimo‘minova aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Sud unga qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024