Jahon | 22:35 / 03.02.2018
19499
1 daqiqa o‘qiladi

Saturn yo‘ldoshi Titanda hayot izlari topildi

Foto: NASA / JPL-Caltech/Space Science Institute

NASA koinot agentligi tadqiqotchilari Saturn yo‘ldoshi Titan atmosferasida unda  mikroorganizmlar borligidan darak beruvchi moddani aniqlashdi. Bu haqda Phys.org saytida chop etilgan xabarda aytilgan.

Titan sirtidan 200 km balandlikda mikroorganizmlar hujayra membranalarining shakllanishida ishtirok etuvchi birikmalar – akrilonitrilning kichik miqdorda borligi qayd qilindi. Bu birikmalar metan okeanlarida yashashi taxmin qilinmoqda.

Molekulalar Titanning janubiy qutbida aniqlangan. Titanda hukm suruvchi past haroratlarda (Tselsiy bo‘yicha 179 daraja sovuq) akrilonitril tomchilarga birlashib, metan ko‘llarga tushadi. Tajribaning ko‘rsatishicha, Titanning shimoliy qismida ushbu moddadan bir kub santimetrda o‘n minglab tirik hujayralarni yaratishga yetishi kerak, bu esa sayyoramizdagi okeanlar yaqinidagi hududlardagi bakteriyalar sonidan ko‘proqni tashkil qiladi. 

Olimlar akrilonitrilni topish uchun Atacama Large Millimeter Array radioteleskoplar majmuasidan foydalanishgan.

Mavzuga oid