O‘zbekiston futzal termasi ustozi Tojikiston ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Osiyo chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Tojikistonga (4:2) qarshi kechgan o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirdi.
«Tojikistonga qarshi bahs oson kechmasligini bilardik. Shunga qaramay, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozondik. Tojikiston shakllangan jamoa ekanini, agressiv o‘ynay olishini ko‘rsatdi.
Ajoyib bahs o‘tkazgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Umuman olganda, jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnunman.
O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz va shu ruhda davom etishimiz kerak. Ertadan Yaponiyaga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz va ushbu o‘yinni ham o‘z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz. Maqsadimiz — har bir o‘yinda zafar quchish», – dedi Bahodir Ahmedov.
Mavzuga oid
18:11 / 05.07.2023
Ukraina elchixonasi rossiyalik san’atkorlarning O‘zbekistondagi konsertlari bo‘yicha munosabat bildirdi
17:18 / 04.07.2023
Grigoriy Leps ukrainlar tankini yo‘q qilgan askarga mukofot puli to‘ladi
22:43 / 03.07.2023
Vazir o‘rinbosari Z-artistlarning konsertlari haqida: “O‘zbekistonda san’atga to‘siq yo‘q”
23:29 / 04.05.2021